Ayrim dorixonalarda spirt oʻrniga losyon berilgani aniqlandi — Raqobat qoʻmitasi

11:49 19 Yanvar 2026 Jamiyat
302 0

Oʻzbekistondagi 20 foiz dorixonalarda spirt mahsuloti soʻralganda uning oʻrniga dorixona xodimi tomonidan losyon taklif etilayotgani maʼlum boʻldi. Bu holat Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining “Sirli mijoz” tadbirlarida aniqlangan.

Maʼlum qilinishicha, Qoʻmitasi tomonidan dorixonalarda spirt mahsulotlarining realizatsiya qilinishi holatlari oʻrganilgan. Oʻrganishlarda 20 dan ortiq dorixonalar qamrab olingan va shundan taxminan 25 foizida spirt soʻralganda uning oʻrniga losyon kosmetik mahsuloti berilgani aniqlangan.

Shuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarishda GDP sertifikatlari joriy etilib, sifat nazorati kuchaytirilgan davrda ayrim spirt ishlab chiqaruvchilar litsenziya olmagan va spirt oʻrniga losyon ishlab chiqarishni boshlagan. Mazkur holat yuzasidan isteʼmolchilarga toʻliq maʼlumot berilmagani ularni chalgʻitishga olib kelgan.

Maʼlumot uchun, 70 foizli tibbiy spirt:

• sogʻliqni saqlash sohasida yaʼni

• inyeksiyalar oldidan terini ishlov berish;

• asbob-uskunalarni sterilizatsiya qilish;

• yaralarni davolash;

• jarrohlik amaliyotlarida qoʻllaniladi.

Losyon esa tarkibida spirt miqdori past boʻlgan kosmetik mahsulot hisoblanadi va asosan:

• terini tozalash va ortiqcha yogʻlanishni kamaytirish,

• kosmetika qoldiqlarini bartaraf etishga moʻljallangan.

Shu bois, spirt oʻrniga losyon taklif etilishi kutilgan natijani bermasligi va isteʼmolchilar sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin. Ushbu holat oʻz navbatida isteʼmolchilarga notoʻgʻri maʼlumot berilishi va natijada zarar yetkazilishiga olib keladi.

Bildirilishicha, yuqoridagi holatlar Raqobat qoʻmitasi tomonidan amaldagi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishi alomatlari sifatida eʼtirof etilib, dorixonaga nisbatan tegishli ish qoʻzgʻatilishiga olib kelishi va bunday holatlarni oldini olish choralarini koʻrish haqida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tegishli xat chiqarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер