Ayrim choralar: davlat tashkilotlari mashinalariga vaqtincha gaz quyish taqiqlandi. AI-80 benzini uchun aksiz soligʻi bekor qilindi
Foto: Халқ сўзи
Yigʻilishda yuzaga kelgan vaziyatni normallashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrib chiqildi. Jumladan:
— tovar gaz yetkazib berish hajmini sutkasiga 5 million kub metrga oshirish;
— 2023-yil 1-martga qadar davlat idoralari tasarrufidagi siqilgan gazda harakatlanadigan avtomobillardan foydalanishni taqiqlash, ularni benzinga oʻtkazish;
— xorijiy davlatlar bilan qoʻshimcha tabiiy gaz, elektr energiyasi, koʻmir, mazut xarid qilish boʻyicha muzokaralarni jadallashtirish;
— 2 oy muddatga AI-80 benzini importi uchun aksiz soligʻi va uni chakana sotish uchun aksiz soligʻini hisoblash va undirishni toʻxtatib turish;
— birja sotuvlariga qoʻyilayotgan AI-80 benzining kunlik hajmini oshirish;
— AI-80 benzini narxining asossiz oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik, narx oshishi boshlangʻich narxning 5 foizidan ortiq boʻlmasligini taʼminlash;
— barcha ishlab chiqaruvchilar va treyderlarga suyultirilgan gazni eksport qilish taqiqlanadi;
— tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishga ruxsat beriladi;
— Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalariga elektr energiyasi yetkazib berishga oʻrnatilgan vaqtincha cheklovlar yil yakuniga qadar uzaytirildi;
— benzin va dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarish uchun xomashyo hamda tayyor benzin importi oshiriladi;
— birjada AI-80 benzini savdosiga vositachi kompaniyalarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring