Aylanmasi 1 milliard soʻmdan oshgan tadbirkorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasi dastlabki oʻrganishsiz, avtomatik tarzda beriladi

16:49 15 Aprel 2022 Siyosat
968 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident 2022-yil 1-iyundan tadbirkorlar uchun soliq maʼmurchiligi va tekshirishlar tizimi soddalashtirilishini eʼlon qildi.

Mol-mulk soligʻini hisoblash tizimi bozor tamoyillariga oʻtkazilganini inobatga olib, qoʻshimcha yuqori soliq stavkalarini qoʻllash tartibi bekor qilinadi.

Shuningdek, aylanmasi 1 milliard soʻmdan oshgan tadbirkorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasi dastlabki oʻrganishsiz, avtomatik tarzda beriladi.

Joriy yilda tadbirkorlarning faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruvlar soni 1,7 barobarga oshib, 86 mingtani tashkil etdi. Bu tadbirkorlar tomonidan koʻplab eʼtirozlarga sabab boʻlmoqda.

Shu sababli, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarni oldini olish uchun, endi 22 ta turdagi tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi (hozirgi kunda 159 turdagi tekshiruvdan 119 tasiga ruxsat olinadi).

Bundan tashqari, yuqori xavf darajasi mavjud boʻlgan tadbirkorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasini toʻxtatib qoʻyishdan oldin xabardor etish tartibi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?