Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati oshmoqda

12:49 26 May 2025 Jamiyat
126 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Kattaqoʻrgʻon tumani aholisi uchun yana bir muhim qadam tashlandi. Kattaming va Moybuloq mahallalarida joylashgan oilaviy poliklinikalar tarkibida 20 oʻrinli zamonaviy kecha-yu kunduz ishlaydigan reabilitatsiya boʻlimlari tashkil etildi. Ilgari ushbu poliklinikalar faqatgina kunduzgi tibbiy xizmatlarni amalga oshirgan boʻlsa, endilikda ularda statsionar tibbiy xizmat yoʻlga qoʻyilib, aholiga uzluksiz tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyati yaratildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi tibbiyot xodimlari va mahalla faollari ishtirok etib, yangi boʻlimlarning ahamiyati, ular orqali aholi salomatligini mustahkamlashda erishiladigan natijalar haqida toʻxtalib oʻtishdi.

Reabilitatsiya boʻlimlari zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, UTT, laboratoriya, fizioterapiya muolajalari, stomatologik, akusher-ginekologik, jarrohlik va boshqa yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatadigan malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi. Ushbu yangilik tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilgan amaliy ishlar samarasidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер