«Ahmoq hamma millatda topiladi»: Alisher Qodirov jamiyatdagi otalik mavqeyi haqda jiddiy chiqish qildi
Milliy tiklanish demokratik partiyasining rahbari Alisher Qodirov jamiyatdagi otalarning obroʻsining oyoqosti qilinayotganiga fikr bildirdi. Bu haqda u oʻzining telegramdagi kanalida post qoldirgan.
«Otalar togʻ boʻlardi. Bugun zoʻravon, nomussiz, alimentdan qochib yuradigan, xotinboz va hokazo… Nafaqat oilada, butun jamiyatda erkakni, yaʼni amaldagi yoki boʻlajak otalar ohorini toʻkib, nomini oyoqosti qilib yubormayapmizmi? Buning oqibati nima boʻladi?
Bogʻcha va maktabni erkak tarbiyachi va oʻqituvchilar tashlab ketganiga ancha boʻldi. Soʻnggi yillarda erkaklar oiladan ham siqib chiqarilayotgandek… Millat taqdiri quriladigan bu maskanlar rad etilayotgan otalikning achchiq mevalari — asabiy ayollarning eʼtirozlari bilan boʻgʻilmayaptimi? Nega onalar, tarbiyachi va oʻqituvchi ayollar bu qadar asabiy», degan Qodirov.
Deputatning fikricha, ahmoq hamma millatda topiladi. “Ikkita zoʻravon, tarbiyasizni bosh sahnaga chiqarib, oʻzbek erkaklari hammasi zoʻravon, ayolini xor qiladi degan qarashlarni yoshlarimizga singdirilishini oqibati nima boʻladi?”, deydi u.
Shuningdek, Qodirov kelayotgan saylov dasturida “Milliy Tiklanish” partiyasi farzand koʻrgan ayollarga tarbiya treninglarida ishtirok etish sharti bilan 3-yilgacha haq toʻlanadigan onalik taʼtili berish taklifi ustida ishlayotganini ham maʼlum qilgan.
“Ota, erkak — jamiyat shaʼni shavkatini himoyachisi! Mukarram va hikmatli onalar bu himoyachilarni tarbiyalovchilardir! Agar onalar shavkatli farzandlar uchun halovatidan kechmasa, otasini tanimaydigan farzandlar nafaqat onasi, balki butun jamiyatni nafsiga qurbon qiladi”, deydi Alisher Qodirov.
Deputat “Otalar kuni” (18-iyun) jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalashtirilishi zarurligini ham taʼkidlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring