“Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi
“Qishloq xo`jaligi sohasiga ilg`or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–257-son, 02.08.2023 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 sentyabrdan “Raqamli qishloq xo`jaligi” yagona integrasion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.
Mazkur platforma paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar etishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmat ko`rsatishni nazarda tutadi.
2024 yil hosilidan boshlab qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish xarajatlari tijorat banklarining “Agroplatforma” AT orqali elektron tarzda shakllantirilgan buyurtmanomalari asosida moliyalashtiriladi.
Bunda mahsulot etishtiruvchilarga “Agroplatforma” ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko`rsatish yo`lga qo`yiladi.
2023 yil yakunigacha:
— Geoaxborot texnologiyalari va kosmik tasvirlarni tahlil qiladigan xizmatlarni ko`rsatish platformasi joriy etiladi;
— qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirishning amaldagi mexanizmlari raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtiriladi.Bunda, erdan foydalanuvchilarning takliflarini qabul qilish, qishloq xo`jaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, ma’lumot va hisobotlarni avtomatik shakllantirish uchun “сропАгро” axborot tizimi joriy etiladi;
— Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar qishloq xo`jaligi geoportallari takomillashtirilib, tegishli hududlarning qishloq xo`jaligi sohasiga oid geografik, statistik va tahliliy ma’lumotlardan ochiq foydalanish yo`lga qo`yiladi.
Qarorga ko`ra, 2024 yil 1 fevralgacha sohadagi statistik ma’lumotlarning ishonchliligi va tezkorligini ta’minlash uchun Agrar va oziq-ovqat sohasida vaziyatlarni baholash markazining ishga tushirilishi nazarda tutilgan.
2023 yil 1 oktyabrgacha “Agroplatforma” ATda qishloq xo`jaligi erlaridan foydalanuvchilarning yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring