“Agar shoshilinch choralar koʻrilmasa, qulashi mumkin” – Germaniyaning asosiy kemasozlik zavodining estakadasi avariya holatida
Germaniyaning yangi hukumati mudofaa uchun yiliga 200 milliard yevrodan ortiq mablagʻ sarflashga vaʼda berayotgan boʻlsada, Germaniya mudofaa infratuzilmasining eng muhim obyektlaridan biri – Gamburgdagi “Blohm+Voss” kemasozlik zavodining estakadasi avariya holatida.
Bu yerda nemis floti uchun yangi korvetlar qurilmoqda. Estakadani mustahkamlash ishlari besh yil davom etadi va 300 million yevroga tushadi.
Qiyin vaziyatga qaramay, “Blohm+Voss” vakili “kemalarni qurish boʻyicha olib borilayotgan ishlar rejalashtirilganidek davom etadi” deb ishontirdi. Biroq, kemalarni yasash allaqachon rejadan ortda qolgan: ularning birinchisi Germaniya armiyasiga 2022-yilda topshirilishi kerak edi, biroq u keyingi yilgacha ham yasab boʻlinmaydi.
Muammo bir obyektga tegishli emas. Gamburg rasmiylariga koʻra, yuzlab kilometrlik nemis estakadalarining koʻpchiligi oʻn yillar avval qurilgani va hozir ogʻir ahvolda ekanida.
“Agar shoshilinch choralar koʻrilmasa, qulashi mumkin”, deya ogohlantirmoqda shahar rasmiylari.
Harbiy kemalar yasaydigan “Blohm+Voss” kemasozlik zavodidagi estakada Germaniyadagi eng qadimiylaridan biridir. Oʻtgan asrning oʻrtalarida u qisman mustahkamlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring