Agar AQSH Yevropada raketalar joylashtirilsa, Rossiya bunga qarshi choralar koʻradi
Illyustrativ foto
Agar Vashington Yevropa davlatlari hududida oʻrta va qisqa masofali raketalarni joylashtirsa, Moskva javob choralarini koʻrishga tayyor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining qurol-yarogʻlarni tarqatmaslik va nazorat qilish departamenti direktori Vladimir Ermakov maʼlum qildi.
“Xulosa shuki, Rossiyaning yerda joylashgan raketalarni joylashtirishga bir tomonlama moratoriy qoʻygani AQSHning ushbu sohadagi harakatlari bilan bevosita bogʻliq. Rossiya rahbariyati tomonidan qayd etilgan moratoriyni eʼlon qilishda qoʻllagan [AQSHga qarshi] qarshi chora-tadbirlarimiz muqarrar...”, deydi diplomat.
Avvalroq, Rossiya delegatsiyasi rahbari oʻrinbosari Konstantin Voronsov BMT Bosh Assambleyasi birinchi qoʻmitasi yigʻilishida Oʻrta va qisqa masofali raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnomaga qarshi AQSHning Yevropada qurollarni joylashtirish boʻyicha harakatlari tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan eskalatsiyadan xavotirda ekanini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring