Afsonaviy Hema Malini Oʻzbekiston va Hindiston hamkorligidagi filmda rol ijro etadi
Bugun XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Oʻzbek kino kunlari”ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi hamda Hindistonning “Kartina entertainment” studiyasi oʻrtasida hamkorlikda “Yulduz” (“Star”) filmini suratga olish boʻyicha xalqaro memorandum imzolandi.
“Bugun biz uchun juda muhim kun. Nihoyat Oʻzbekiston bilan qoʻshma film yaratish boʻyicha memorandum imzoladik. Bu myuzikl drama boʻlib, sevgi-muhabbat haqida boʻladi. Asosiy maqsad ikki mamlakat sanʼati va meʼmorchiligi tarixini oʻzaro bogʻlashdir. Xususan, milliy musiqa janrlari ham tarannum etiladi. Filmda ishtirok etish uchun biz Bollivudning “Zita va Gita” filmidagi roli bilan tanilgan afsonaviy Hema Malini, “Bobbi” filmining bosh qahramoni Dimpl Kapadya kabi ikkala mashhur aktyorni ham taklif qildik. Shuningdek, “Disko raqqosasi” filmining bosh qahramoni Mithun Chakraborti va boshqa yosh aktyorlar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Yurtingizda ekanligimdan juda xursandman. Hozir Buxoroda syomka jarayonlarini amalga oshirishni moʻljallab turibmiz. Ishonchim komilki, Oʻzbekiston bilan yana koʻplab loyihalarimiz bor”, — dedi hind prodyuseri va rejissyori Sarfaraz Aʼlam.
Eslatib oʻtamiz, “Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 13-18-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Unda dunyoning 40 ta davlatidan, jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmanistondan 500 dan ortiq kinematograflar ishtirok etmoqda. Kinofestival doirasida 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring