Afsonaviy Alessandro Nesta yana katta futbolga qaytdi
Foto: AP
Italiya futboli afsonasi Alessandro Nesta mahalliy «Monza»ga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.
48 yoshli sobiq futbolchi «Fiorentina»ga koʻchib oʻtgan Raffaele Palladinoning oʻrnini egallamoqda. Bu Nestaning A Seriyada bosh murabbiy sifatidagi birinchi mavsumining boshlanishini anglatadi.
Nesta oʻzining futboldagi yorqin faoliyatiga qaraganda kamtarona menejerlik karyerasiga ega. U avval «Perudja», «Frozinone» va «Redjana» kabi jamoalarni boshqargan.
Yakunlangan mavsumni u «Redjana» bilan Italiyaning ikkinchi ligasida 11-oʻrinda yakunladi.
«Monza» kabi klubni boshqarishni unga ishonib topshirilishi afsonaviy himoyachining murabbiylikda katta futbolga qaytganini anglatadi.
«Monza» yakunlangan mavsumda A Seriyani 12-oʻrinda yakunladi. U Yevropa klublari oʻrtasidagi nufuzli turnirlarda qatnashishga daʼvogar hisoblanmasada, jamoaviy oʻyin va barqaror hujum chizigʻiga ega jamoa sifatida tanilgan.
Alessandro Nesta futbolchi sifatida koʻplab sovrinlarga ega chiqqan. «Latsio»da u bir marta A Seriya, ikki bor Italiya kubogi, 2-marta mamlakat Superkubogi, 1-marta UYEFA Kubogi egalari kubogi gʻolibi boʻlgan. «Milan»da esa 2-marta A Seriya, 1-marta mamlakat kubogi, 2-marta Superkubogi, 2-marta UYEFA Chempionlar ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
Terma jamoa bilan 2006-yilgi jahon chempionati va 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati(1996-yil)da gʻolib chiqqan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring