Afrikada kuchli qor yogʻdi. Sinoptiklar buni iqlim oʻzgarishi bilan izohlamoqda
Foto: Reuters
Dunyoning aksariyat mintaqalarida jazirama issiq kuzatilayotgan shu kunlarda Janubiy Afrika Respublikasida kuchli qor yogʻdi.
Tabiatning bu kutilmagan inʼomi koʻplab noqulayliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, yoʻllar toʻsib qoʻyildi, yuz minglab odamlar elektr energiya taʼminotidan uzilib qoldi. Bundan tashqari, suv toshqinlari va boʻronli shamollar mamlakatning bir qancha viloyatlarini qamrab olgan. Eng yomon vaziyat Sharqiy Keyp va Kvazulu-Natalida kuzattilmoqda.
Tabiiy ofat tufayli 500 mingga yaqin uy elektr taʼminotidan uzilib qoldi. O. R. Tambo viloyatida suv toshqini kamida yetti kishining hayotiga zomin boʻldi.
Kuchli qor yogʻishi natijasida yoʻllar toʻsib qoʻyilgan, bir necha kilometr uzunlikdagi tirbandliklar yuzaga kelgan. Yoʻllarning sirpanchiqligi sababli trassasida sodir boʻlgan yoʻl-harakat hodisasi oqibatida yana besh kishi halok boʻldi.
Janubiy Afrika qirgʻoqlari yaqinida boʻron va baland toʻlqinlar tufayli kemalar navigatsiyada qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Odatda iyun oyida Janubiy Afrika Respublikasida qishki ob-havo kuzatilsa-da, bu safar halokatli boʻlmoqda. Sinoptiklar buni iqlim oʻzgarishi bilan izohlamoqda, bu esa mintaqada tabiiy ofatlarning chastotasi va jiddiyligini oshirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring