Afgʻonistonda “Tolibon” va jinoiy toʻda oʻrtasidagi toʻqnashuvda 17 kishi halok boʻldi
Afgʻonistonning Hirot viloyatida “Tolibon” va qurolli shaxslar oʻrtasidagi toʻqnashuvda kamida 17 kishi halok boʻldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
“Hirot viloyatidagi kasalxonaga yetti nafar bola, uch ayol va yetti erkak, jami 17 kishining jasadi olib kelingan. Ularning barchasi oʻqotar qurollar jarohatidan vafot etgan”, deyiladi xabarda.
Afgʻoniston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Qori Said Xostining aytishicha, “Tolibon” maxsus kuchlari Hirotda odam oʻgʻirlash bilan shugʻulib kelgan jinoiy toʻdaga qarshi amaliyot oʻtkazgan.
“Tolibon” kuchlari jinoyatchilar joylashgan uyni oʻrab olgan, natijada otishma sodir boʻlgan. Xostining soʻzlariga koʻra, maxsus kuchlar uch nafar jinoyatchini yoʻq qilishga muvaffaq boʻlgan.
Hirot politsiyasi maʼlumotiga koʻra, toʻqnashuv yakshanba kuni tushda boshlangan va taxminan ikki soat davom etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring