Afgʻoniston bilan qoʻshni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

2021-yil 8-sentyabr kuni Afgʻoniston bilan qoʻshni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV xabar berdi.
Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I, Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Vepa Xadjiyev ishtirok etdi.
Uchrashuv qatnashchilari Afgʻoniston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashini, shuningdek, tinchlik, xavfsizlik, milliy yarashuvni taʼminlash, Afgʻonistonning ichki ishlariga aralashmaslik va barqaror rivojlanish tamoyillari tarafdori ekanligini bildirib, mamlakat kelajagi oʻz xalqi tomonidan belgilanishi kerakligini qayd etdilar.
Taʼkidlanganidek, barqaror, tinch va farovon Afgʻoniston butun koʻp millatli afgʻon xalqi va jahon hamjamiyati manfaatlariga javob beradi.
Afgʻoniston bilan barqaror xalqaro aloqalar, ayniqsa, uning gumanitar rivojlanish ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlash muhimligi taʼkidlandi.
Umumiy muammolarni hal etishhamda tinchlik, xavfsizlik, barqarorlik, mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik va iqtisodiy integratsiyani qoʻllab-quvvatlashmaqsadida qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik hamdayaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilish uchun birgalikda harakat qilish zarurligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring