Afgʻoniston ayollar futbol jamoasi Pokistonga evakuatsiya qilindi
Foto: РИА Новости
Afgʻoniston ayollar futbol jamoasi “Tolibon” tahdididan soʻng Pokistonga evakuatsiya qilingan.
"Dawn" internet nashrining xabar berishicha, 14-sentyabr kuni afgʻonistonlik futbolchilar oilalari bilan «Torham» nazorat-oʻtkazish punkti orqali Pokistonga olib oʻtilgan.
Avvalroq, AQSH milliy futbol terma jamoasining sobiq futbolchilari mamlakat hukumatini afgʻonistonlik futbolchilarga gumanitar boshpana berishga chaqirgan edi.
«Futbol boʻyicha Afgʻoniston ayollar milliy terma jamoasi taʼqib qilinmoqda, ularning hayoti xavf ostida va bularning barchasi ular oʻzlariga yoqqan sport turi bilan shugʻullangani uchun boʻlmoqda. Evakuatsiya jarayonidagi qiyinchiliklarga qaramay, sizdan jiddiy xavf ostida boʻlgan afgʻonistonlik futbolchilarni zudlik bilan himoya qilishni soʻraymiz», deyiladi AQSHlik sobiq futbolchilar bayonotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring