Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Foto: Adliya vazirligi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Rabiyev Sherzod Mirjalilovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan adliya vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, davlat rahbarining tegishli qarori bilan Allakuliyev Mirjalol Davranbekovich Adliya vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Mirjalol Allakuliyev 1988-yilda Xorazm viloyati, Xiva tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2012-yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2014-yilda magistratura bosqichini, 2024-yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2008-yilda Adliya vazirligi rahbariyat qoshidagi apparatning qabulxona kotibi lavozimida boshlagan.
• 2013-2014-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi, katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi;
• 2014-2017-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi bosh maslahatchisi;
• 2017-2018-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boʻlim boshligʻi;
• 2018-2018-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari-boʻlim boshligʻi;
• 2018-2021-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshligʻi;
• 2021-2022-yillarda Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida;
• 2022-yildan to bugungi tayinlovga qadar Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring