Adliya organlarining bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

12:35 15 Yanvar 2021 Hujjatlar
842 0

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ–666-son, 14.01.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha kiritilib, unga koʻra adliya organlarining bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan oʻz vaqtida yoki toʻliq bajarmaslik mansabdor shaxslarga BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha (446 ming soʻmdan 1 mln 115 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa mansabdor shaxslarga BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha (1 mln 115 ming soʻmdan 1 mln 561 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?