Adirobodlik fuqarolar nimadan norozi edi?

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) Jizzax viloyati, Zarbdor tumani “Adirobod” QFYda istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar murojaati kelib tushdi.
Unda fuqarolar mahallada aholi uchun gaz, ichimlik suvi taʼminotini yoʻlga qoʻyish, poliklinika va ijtimoiy obyektlar yoʻqligidan norozilik bildirishgan.
Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olingach, Sogʻliqni saqlash vazirligi orqali “Adirobod” QFYda joylashgan sobiq QVP binosi oilaviy shifokorlik punkti sifatida qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Hozirda ushbu muassasada ishlovchi shifokor va patranaj hamshiralar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatib kelishmoqda.
Ichimlik suvi bilan bogʻliq muammo oʻrganilganda esa hozirda “Adirobod” QFY aholisiga markazlashgan ichimlik suvi grafik asosida berilishi, ushbu mahalladagi yangi qurilgan xonadonlar ichimlik suvini tashib isteʼmol qilishlari maʼlum boʻldi. Ushbu muammoni hal etish maqsadida “2021 — 2025-yillarga moʻljallangan tuman markazlari kesimida ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturining yigʻma parametrlari” hamda xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining tegishli qaroriga asosan “Adirobod” QFYga jami 1176,0 mln. soʻm mablagʻ ajratilishi hisobiga 2 km. yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish boʻyicha 2022-yil dasturiga takliflar kiritildi.
Qishloq fuqarolar yigʻinidagi gaz muammosi oʻrganilganda, bu joy tabiiy gaz yetkazib berish qiyin hududlar boʻlgani sababli, ushbu hudud suyultirilgan gazga moslashtirilgani hamda «Zarbdortumangaz» taʼminoti boʻlimi tomonidan aholi suyultirilgan gaz bilan taʼminlanib kelinayotgani aniqlandi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring