Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori eʼlon qilindi
Foto: flectone.ru
Stokgolmda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qoʻmitasi adabiyot boʻyicha laureatlarni eʼlon qildi. Unga koʻra, Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Gang 2024-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi.

Maʼlum boʻlishicha, mukofot unga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining moʻrtligini ochib beradigan taʼsirli sheʼriy nasri uchun berilgan. Yozuvchi 2016-yilda “Vegetarian” romani uchun Xalqaro Buker mukofotini qoʻlga kiritgan edi.
Endi ertaga, 11-oktyabr kuni Osloda tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari nomi eʼlon qilinadi.
Maʼlumot uchun, laureatlarni taqdirlash marosimi Stokgolmda 10-dekabr kuni, Alfred Nobel vafot etgan kuni boʻlib oʻtadi. Bu yilgi mukofot miqdori 11 million shved kronasi yoki taxminan 1,06 million dollarni tashkil etadi. Pul mukofotidan tashqari, Shvetsiya qiroli sovrindorlarga medal va diplomlarni topshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring