Abjir chavandozlar bellashuvi
Angor tumanidagi Dehqonbirlashuv mahallasining Qoraqir kengliklarida navbatdagi uloq-koʻpkari musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa qiziqarli va shiddatli kechdi. “Surxondaryo viloyati Qorabayir zotli otlari” shiori ostida oʻtkazilgan bu galgi milliy ot sporti oʻyinlari, Milliy gvardiya, Turizm va sport boshqarmasi, Angor, Muzrabot hamda Sherobod tumanlari hokimliklari hamkorligida tashkil etildi.
Unda vohalik bilagida kuchi bor, abjir chavandozlar bellashdilar. Ularning toʻdadan uloqni ayirib chiqishida otining chidamligi juda ham muhimdir. Bunday musobaqalarda Qorabayir otlari oʻta chayirligi, charchamasligi, tezkorligi bilan ajralib turadi.
Mazkur mardlar oʻyinida ham ushbu zotdagi otlarning xususiyatlari yana bir bor namoyon boʻldi.
Bellashuvlarda gʻolib boʻlgan mohir chavandoz polvonlar, tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring