Abdusattorov va Sindarov mukofot jamgʻarmasi 750 ming AQSH dollari boʻlgan turnir gʻolibligi uchun kurashadi

16:52 07 Fevral 2025 Sport
459 0

7-fevral kuni Germaniyaning Vayssenxaus shahrida shaxmat boʻyicha mukofot jamgʻarmasi 750 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli “Freestyle Chess Grand Slam” turniri boshlanadi. Bu haqida “Chess.com” maʼlumot berdi.

Dunyoning eng kuchli grossmeysterlari qatnashadigan turnirda hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov hamda Javohir Sindarov ham oʻz salohiyatini namoyish etadilar.

Ushbu turnir aylana tizimda oʻtkazilib, unda bir shaxmatchi qolgan hamma ishtirokchilar bilan rapid formatida oʻzaro bahs olib boradi.

Nodirbek Abdusattorov ilk turdayoq amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshidona suradi. Gukesh hamda Nodirbek 24-yanvar kuni Veyk-an-Zeye shahri mezbonlik qilgan “Tata Steel Chess” turniri doirasida ham oʻzaro toʻqnash kelishgan va ushbu bahs durang bilan yakunlangan edi.

Javohir Sindarov esa 1-turda germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi qora donalarda harakat qiladi. Sindarovning Gukeshga qarshi bahsi turnirning 4-turida boʻlib oʻtishi belgilangan.

Shuningdek, 5-turda Javohir Sindarov, 6-turda esa Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona suradi.

Maʼlumot uchun, “Freestyle Chess Grand Slam” turniri 7-fevraldan 14-fevralga qadar davom etadi. Turnirda Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Xikaru Nakamura, Dommaradju Gukesh, Nodirbek Abdusattorov, Alireza Firuzdja, Levon Aronyan, Vinsent Kaymer, Vladimir Fedoseyev hamda Javohir Sindarov gʻoliblik uchun kurash olib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?