Abduqodir Husanov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
“Goalpost” nashri tomonidan oʻtkazilgan ovoz berish yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hamda Angliyaning “Manchester Siti” klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov 2025-yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Ovoz berish jarayonida Husanov qitʼaning bir qator umidli futbolchilarini ortda qoldirgan. Ular orasida Avstraliya, Indoneziya, Koreya Respublikasi va Iroq vakillari ham bor.
Ayni paytda Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisi sifatida ham qayd etilgan. Husanov 2025-yil boshida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga koʻchib oʻtgan boʻlib, transfer qiymati 40 million funt sterlingni tashkil etgan.

Shuningdek, Abduqodir Husanov “The Athletic” nashri tomonidan tuzilgan Jahon chempionatida ishtirok etuvchi eng kuchli 100 nafar futbolchi reytingida 86-oʻrinni egalladi. “Transfermarkt” portali esa himoyachining bozor qiymatini 35 million yevroga baholagan.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring