Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi taʼsis etiladi
2025-2026 oʻquv yilidan pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi taʼsis etiladi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
“Pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-162-son, 10.09.2025-y.) qabul qilindi.
Mazkur stipendiya pedagogika yoʻnalishidagi har bir oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat yoʻnalishida tahsil olayotgan 1 nafar oxirgi ikki kurs talabasiga tayinlanadi.
Maʼlumot uchun, ushbu stipendiyani tayinlash uchun talablar Prezidentning “Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi PF–555-son Farmonida belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring