Abbosbek Fayzullayev jamoasida murabbiy almashdi
Foto: Chempionat.com
SSKA serbiyalik mutaxassis Marko Nikolich jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini eʼlon qildi.
Nikolich 2023-yilning may oyidan buyon Dubayning «Shabab Al Ahli» klubida faoliyat olib borayotgandi.
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev SSKAda toʻp suradi. Sobiq bosh murabbiy Vladimir Fedotov Abbosbekning isteʼdodini toʻgʻri baholab, asosiy tarkibga jalb qilgandi.
Yangi murabbiy rus futboliga begona emas. U 2020-yilda Moskvaning «Lokomotiv» klubiga bosh murabbiy etib tayinlangandi va oʻsha mavsumda jamoa bilan kumush medallarni qoʻlga kiritgandi.
Keyingi mavsumda esa u «temiryoʻlchilar» bilan Rossiya kubogida zafar quchgandi va mamlakat chempionatida kuchli uchlikdan joy olgandi. 2021-yilning 5-oktyabrida Nikolich «Lokomotiv» bilan kelishuvni bekor qilgandi.
Eslatib oʻtamiz, yakunlangan mavsumda Abbosbek Fayzullayev jamoasi Rossiya chempionatida oltinchi oʻrinni egalladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring