8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Mamlakatimizda moʻtabar ayol zotiga ulkan ehtirom koʻrsatish, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirish, shuningdek, oʻzining koʻp yillik samarali mehnati, boy tajribasi bilan bugungi tub islohotlarimizda faol qatnashib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʻlida tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotgan, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qoʻshayotgan opa-singillarimizni munosib taqdirlash maqsadida quyidagilar orden va medallar bilan mukofotlansin:
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Arziyeva Marxabo Imamnazarovna - “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining navli prokat sexi metall saralovchisi, Toshkent viloyati
Atabayeva Omatxon Karimjanovna - Andijon shahridagi “Siyovush gold trans” masʼuliyati cheklangan jamiyati haydovchisi, Andijon viloyati
Axmedova Zulfiya Raxmonovna - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi temirchilik-presslash sexi mashinisti, Navoiy viloyati
Axmedshina Faniya Avzalovna - Jizzax davlat pedagogika universitetining umumiy tarix kafedrasi professori, Jizzax viloyati
Begmatova Azza - Oʻzbekiston davlat drama teatri yetakchi sahna ustasi
Qobilova Mavluda Umrzoqovna - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining boʻlim yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati
Mazaxidova Nadira Tashpulatovna - Qoʻqon shahridagi “Qoʻqon yor-yori” ashula va raqs folklor-etnografik ansambli musiqa rahbari, Fargʻona viloyati
Mamatkulova Aysara Berdikulovna - Sardoba tumanidagi “Nurafshon dala sari” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Sirdaryo viloyati
Matyakubova Mexriban Kadamovna - “Hunarmand” uyushmasining Xiva shahar boʻlimi aʼzosi, kashtachi, Xorazm viloyati
Narmuradova Maxbuba Akramovna - Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasining farroshlar brigadasi boshligʻi, Samarqand viloyati
Rajabova Marhabo Muxammadiyevna - Qorakoʻl tumanidagi “Xosiyatli Qorakoʻl nuri” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Buxoro viloyati
Rasulova Muqaddam Mansurjonovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori
Saidmurodova Maksuda - Mingbuloq tumani mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining maslahatchisi, Namangan viloyati
Xaitova Ayjomal Nazirovna - Oltinsoy tumanidagi “Tuyaqush tillolari” oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati
Xojametova Zamira Jumabayevna - Qoʻngʻirot tumanidagi “Kungrad agro-solodko system” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
“Doʻstlik” ordeni bilan
Aytbagambetova Aybatsha Bekberdiovna - Guliston shahridagi “Doʻstlik” madaniyat markazi xoreografi, Sirdaryo viloyati
Alimova Arzixan Abdillayevna - “Hunarmand” uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi aʼzosi, quroqchi
Atalikova Yevgeniya Vladimirovna - Quvasoy shahridagi “Quvasoysement” aksiyadorlik jamiyatining xomashyoni qayta ishlash uchastkasi kran mashinisti, Fargʻona viloyati
Bayramova Natalya Shamuratovna - Tuproqqalʼa tumanidagi “Matyoqub Qodir” chorvachilik fermer xoʻjaligi texnologi, Xorazm viloyati
Vasilyeva Tatyana Aleksandrovna - “Oʻzaeronavigatsiya markazi” davlat unitar korxonasining Havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi Toshkent markazi hududiy boʻlinmasi dispetcheri
Djurakulova Saodat Eshqobilovna - Boysun tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Surxondaryo viloyati
Ismailova Gavxar Abdumananovna - “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Mis eritish zavodi misni elektrolizlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati
Kaipova Gulistan Sarsenbayevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpogʻiston filiali jonlantirish boʻlimi shifokori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Kayumova Maxfuza Abdinabiyevna - Paxtachi tumanidagi “Paxtachi agro hamkor tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati
Lyan Yekaterina - Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining issiqxonada sabzavot, poliz ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi mudiri
Nasridinova Shoxida Taufikovna - Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Milk Foods Trade” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
Nesterovich Lyudviga Petrovna - Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, haykaltarosh
Riskulova Aynogul Junusovna - Marhamat tumanidagi “Marhamat 112-qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati pardozchisi, Andijon viloyati
Salimova Manzura Alimovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi
Sariyeva Nurbibi Baymaxanovna - Konimex tumanidagi “Qorakoʻl Uchtepa sur” masʼuliyati cheklangan jamiyati choʻponi, Navoiy viloyati
Xalbayeva Dilrabo Djurabekovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi
Choʻliyeva Ziynat Boboyevna - “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Buxoro filiali axborot xavfsizligi va maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini boshqarish boʻlimi muhandisi, Buxoro viloyati
Ergasheva Tanzila Nizamovna - Namangan shahridagi “Art Soft Tex” masʼuliyati cheklangan jamiyati tikuvchisi, Namangan viloyati
Yuldasheva Mavluda Melikovna - Shahrisabz shahridagi “Ipak yoʻli” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Qashqadaryo viloyati
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Dadaboyeva Manzuraxon - Andijon tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internati direktori, Andijon viloyati
Zoirova Aziza Ibragimovna - Qarshi davlat universitetining fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati
Zoxidova Mamuraxon Nasilloyevna - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining oʻquv-metodika va harbiy-vatanparvarlik boʻlimi boshligʻi, yozuvchi
Mirzayeva Mehriniso Latipovna - Gʻijduvon tumanidagi “Marjona Eʼzoza” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari, Buxoro viloyati
Eshmamatova Dilorom Baxramovna - Sergeli tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Gadoyeva Dilfuza Mustafoyevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali ogʻir kuyish jarohatlari boʻlimi katta hamshirasi, Buxoro viloyati
Xolmurodova Zamira Baxromovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali nevrologiya boʻlimi mudiri, Jizzax viloyati
Shavazova Muhabbat Ismatovna - Respublika perinatal markazining chaqaloqlar anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi
Yuldasheva Rayxon Sayfidinovna - Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali koʻz jarrohi, Samarqand viloyati
“Sogʻlom turmush” medali bilan
Madaliyeva Feruza Maxamadovna - “Taraqqiyot” aholining turmush tarzini rivojlantirishga koʻmaklashish markazi rahbari, Fargʻona viloyati
Mirzayeva Yelena Sadullayevna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Foreign Languages” telekanali xorijiy tillardagi ilmiy-maʼrifiy va badiiy dasturlar muharririyati bosh muharriri
Erkayeva Shoira Bahramovna - Qamashi tumanidagi “Mironshoh va Ibrohimjon” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Aleuova Gulistan Userbayevna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar boʻyicha katta yordamchisi
Axatova Zamira Rustamovna - Kattaqoʻrgʻon shahar ichki ishlar boʻlimining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, Samarqand viloyati
Rasulova Lola Anvarovna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Xoʻjayli” chegara bojxona posti katta inspektori
Raxmatova Gulzoda Shovrukjonovna - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Aytmuratova Sarbinaz Yelmurat qizi - Nukus shahridagi Yoshlar texnoparkining innovatsion loyihalarni jalb qilish va saralashni tashkil etish boʻlimi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Davronova Sharifa Jamsherovna - Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Mannopova Fotima Said qizi - Toshkent shahridagi “Techno time academy” robototexnika maktabi direktori
“Shuhrat” medali bilan
Abdiyeva Muʼtabar Arslonovna - Sirdaryo tumanidagi “Reka-Med Farm” masʼuliyati cheklangan jamiyatining infuzion eritmalar ishlab chiqarish sexi yigʻuvchi-qadoqlovchisi, Sirdaryo viloyati
Abdukadirova Saida Islamovna - “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” filiali markazlashtirilgan taʼmirlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati
Azimova Gulmira Djaxanovna - Samarqand viloyati transport boshqarmasining tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi tramvay haydovchisi
Artikova Dilnoza Ilxombayevna - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati boʻlinmasi raqqosasi
Voxidova Nilufar Umarovna - “Hunarmand” uyushmasining Chust tumani boʻlimi aʼzosi, doʻppidoʻz, Namangan viloyati
Dauletmuratova Zulxumar Maxsetovna - Xoʻjayli tumanidagi 2-oilaviy bolalar uyi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Ziyatova Maxmuda Mamatqulovna - Sharof Rashidov tumanidagi “Maxmuda Zarina Zarifa” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati
Ismadiyarova Dilaram Tulkunovna - Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Sirdaryo viloyati boʻlimi mutaxassisi, “Oqila ayollar” harakati aʼzosi
Kasimova Shaxzodaxon Ramizidinovna - Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining Fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi
Kasimova Shoira Satvoldiyevna - Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha yordamchisi, bosh otinoyisi
Qaxorova Iroda Iminjonovna - Uychi tumanidagi “Ziyokor” mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati
Qilicheva Oysha Tenglashevna - Nurota tumanidagi “Muruvvat” nogironlar uchun erkaklar internat uyi xoʻjalik bekasi, Navoiy viloyati
Mexmonova Roʻzixon Abduvaliyevna - Baliqchi tumani yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash-foydalanish korxonasi ishchisi, Andijon viloyati
Mustafayeva Shaxnoza Bayzakovna - Yangiyoʻl shahridagi “Dugonalar” nogiron ayollar jamiyati raisi, Toshkent viloyati
Muxutova Lola Muhammadovna - Olot tumanidagi “Olot kashtadoʻzlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
Nurjanova Saboxat Shomuratovna - “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi ekskursovodi, Xorazm viloyati
Samiyeva Guzal Muxitdinovna - Sariosiyo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, Surxondaryo viloyati
Sulaymonova Gulchexra Toxir qizi - “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatining koʻprikli kran mashinisti
Usmonova Gulnora Xoshimjonovna - Bagʻdod tumanidagi “Gulnora Matqulobod bodomlari” ishlab chiqarish kooperatsiyasi rahbari, Fargʻona viloyati
Fayzullayeva Nasiba Nurullayevna - “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining polipropilen qop ishlab chiqarish sexi operatori, Navoiy viloyati
Xaliyarova Xabiba Alekseyevna - Gʻuzor tumanidagi “Mohigul Mohlaroyim jilosi” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati
Xodjibolayeva Raʼno Odilovna - Fargʻona shahridagi “Surxtepa” mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisi, Fargʻona viloyati
Sherova Zulfiya Maxmudovna - Shoʻrchi tumanidagi “Shoʻrchi Aziz agrofirma” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring