75 nafar ehtiyojmand fuqaroga vaucher berildi
Romitan tumanidagi Bogʻcha qishlogʻida yashovchi Shahlo Subhonovaga Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari tomonidan vaucher topshirilishi bir yildan buyon ogʻir xastalikka chalinib, toʻshakka mixlanib qolgan ayolning sogʻayib ketishiga boʻlgan ishonchini mustahkamladi.
-Davlatimizdan minnatdorman,- deydi u. – Meni shunday paytda yolgʻizlatib qoʻymadi. Tuman tibbiyot birlashmasida chuqur koʻrikdan oʻtishim, davolanishim, shuningdek, jarrohlik amaliyotiga sarflanadigan barcha xarajatlar shu vaucher orqali toʻlanayapti. Bunga qadar ijtimoiy xodimlar tomonidan oilaviy ahvolim oʻrganilib, bir qator yordamlar koʻrsatilgandi. Gapning ochigʻi, sharoitim ogʻirligi sabab farzandlarimni oʻqishi qanday boʻlarkan, degan oʻyda edim. Birining shartnoma puli toʻlab berildi. Ikkinchisi esa maktabdagi fan toʻgaraklariga bepul oʻqishi uchun imkoniyat yaratildi.

Shahlo Subhonovaga bunday yordam davlatimiz rahbarining shu yil 17-fevralidagi “Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab – quvvatlash choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq koʻrsatildi. Qarorga muvofiq, Buxoro viloyatida jami 31 ming nafardan ziyod ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroga bir martalik moddiy yordam koʻrsatilmoqda. Davolanishi va jarrohlik amaliyoti talab etiladigan 75 fuqaroga esa vaucherlar taqdim qilindi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring