5 ming AQSH dollarlik molni sotayotgan “Vello”chilar qoʻlga tushdi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Shayxontohur tumanida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani boʻlim tomonidan tumandagi Taxtapul koʻchasida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar ushlangan.
Qayd etilishicha, J.T. va A.Ya. fuqaro O.A.ga xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 66,3 million soʻmlik jami 800 dona “Vello-4” va “Vello-6” nomli tamaki mahsulotlarini 5 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyilmoqda xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring