5-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʻlum qilindi

“Oʻzgidromet” 5-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunning birinchi yarmida yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 23-25 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, kuchli boʻlishi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 12-17 daraja boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring