33 ta oliy ta’lim muassasasida “Kelajakka qadam” markazlari tashkil etildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli tijorat banki hamkorligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” markazlarining hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Mazkur markazlar bugungacha jami 33 ta oliy ta’lim muassasasida ochildi.
Markazlar Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududlaridagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ish boshladi. Mazkur markazlar yoshlarning kasbiy rivojlanishi, zamonaviy mehnat bozori talablariga mos malakali kadr bo‘lib shakllanishi hamda amaliy tajriba orttirish, stajirovka va ish bilan ta’minlanish jarayonlariga ko‘maklashish kabi muhim vazifalarni bajaradi.
Ushbu tashabbus Prezidentimizning tegishli qarori asosan amalga oshirilib, oliy ta’lim tizimi bitiruvchilarining bandligi va raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida keng imkoniyatlar yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring