30-sentyabr kuni yomgʻir yogʻishi kutilmoqda
“Oʻzgidromet” 30-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahri. Havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 20-22 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo bir oz bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo bir oz bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo bir oz bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Togʻli hududlar. Havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-8 daraja boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring