28-noyabr kuni Qirgʻizistonda parlament saylovlari boʻlib oʻtadi
Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Qirgʻiziston Respublikasi parlamenti saylovida ishtirok etadi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, shuningdek YEXHT DIIHB kuzatuv missiyalari tarkibida saylovlarni monitoring qiladi.
Qirgʻiz Respublikasi Saylov va referendumlarni oʻtkazish boʻyicha Markaziy komissiyasi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, Qirgʻiziston Respublikasi parlamentiga saylovlar soʻnggi oʻn yil ichida ilk bor aralash tizim asosida oʻtkaziladi. Xususan, 54 nafar deputat proporsional, 36 nafari majoritar tizim boʻyicha saylanadi.
Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Kenesh deputatlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq, 28-noyabr kuni ovoz berish soat 08-00dan 20-00 gacha davom etadi. Saylov natijalari joriy yil 18-dekabr kunigacha eʼlon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring