28-iyul kuni harorat biroz salqinlashadi

20:24 27 Iyul 2025 Jamiyat
314 0

Foto: “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 28-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 35-37 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 31-36 daraja issiq boʻladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 31-36 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?