25 yildan ortiq qidiruvda boʻlgan xalqaro terroristik tashkilot aʼzosi Oʻzbekistonga qaytarildi
Foto: DXX
Joriy yilning noyabr oyida xalqaro terroristik tashkilotlarga aloqadorligi uchun 25 yildan ortiq qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xorijda ushlanib, mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Tadbir natijasida ushlangan ushbu shaxs diniy ekstremistik oqim gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlab, “hijrat” va “jihod” qilishni maqsad qilgan.
U 1999-yilda Oʻzbekistondan chiqib ketgan hamda Afgʻoniston, Pokiston va Suriya davlatlari hududlaridagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda ishtirok etgan. Oʻzganing nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida yashirinib yurgan mazkur shaxs MDHga aʼzo davlatlardan birida qoʻlga olingan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 154- (yollanish), 155- (terrorizm), 159- (Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va boshqa moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring