23, 24 va 25-iyun kunlari Chimyon va Chorvoqqa olib boruvchi ayrim yoʻllar vaqtincha yopiladi
Boʻstonliq tumanida velosport-shosse boʻyicha oʻtkaziladigan “Federatsiya Kubogi” musobaqasi munosabati bilan ayrim yoʻllar vaqtincha yopiladi. Bu haqda YHXBB maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida velosport-shosse sport turi boʻyicha oʻtkaziladigan “Federatsiya Kubogi” musobaqasini samarali tashkil etish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va transport vositalari harakatini vaqtincha cheklash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 25-moddalariga muvofiq Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hokimining 19-iyun kunidagi 19-10-136-F/21 sonli farmoyishiga koʻra, 2021-yilning 23-24-25-iyun kunlari soat 8-00 dan 14-00 ga qadar 4R12 «Bektemir sh. –Chirchiq sh. – Gʻazalkent sh. Chorboq qoʻrgʻoni» avtomobil yoʻlining 61-kilometrdan (Chimyon dam olish zonasiga olib boruvchi yoʻlga oʻtish joyidan) 73-kilometrlari oraligʻida (“Bochka” nomli savdo rastalari boshlangan joygacha) va 4R10 «Chorvoq suv ombori halqa yoʻli»ning 0+500 va 81+700 oraligʻida (“Farovon”, «Arbat», «Chinaris», «Xodjikent» kafelari atrofi) yoʻlda transport vositalari harakati toʻliq cheklanadi.
"Boʻstonliq tumanining Chorbogʻ qoʻrgʻoni, Xumson qishloqlariga tashrif buyuruvchi fuqarolarimiz ushbu yoʻlni aylanib oʻtish uchun 4R11 «Gʻazalkent sh- Qizilsuv- Chorbogʻ qoʻrgʻoni» orqali aylanib oʻtishlari mumkin. Shuningdek, Yusufxona, Burchumulla, Bogʻiston va togʻli hududlardagi boshqa qishloqlarga 4R12 «Bektemir sh. –Chirchiq sh. – Gʻazalkent sh. Chorboq qoʻrgʻoni» avtomobil yoʻlining 61-kilometrdan 4R6 «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yoʻlining 57-kilometriga oʻtish joyi orqali aylanib oʻtishlari mumkin boʻladi.
Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan mazkur vaziyatda belgilangan tartibni toʻgʻri tushungan holda tadbirga jalb etilgan YPX inspektorlarining qonuniy talablariga rioya qilishlarini soʻraymiz" deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Afrika pingvinlari 2036-yilga borib, baliq tanqisligi sabab yoʻqolib ketishi mumkin
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring