22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi
22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.
Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik tergov jarayonida hojatxonadan ikki dona telefon topilgan va ularning kimga tegishli ekani aniqlanmagan. Bu holatlar Shevchenkoga nisbatan shubhalarni yanada kuchaytirdi. Dastlab u 75 kunlik vaqtincha chetlatish jazosini olgan edi.
Chess.com portali maʼlumotiga koʻra, Shevchenko “FIDE Fair Play” komissiyasiga avval sodir etgan gʻirromlik holatlaridan birini tan olgan. Uning ushbu tan olishi chetlatish jazosining uzoq muddatga choʻzilishiga sabab boʻlgan. Komissiya buni jiddiy qonunbuzarlik sifatida baholab, shaxmatchini 3-yilga barcha rasmiy musobaqalardan chetlatish boʻyicha rasmiy qaror chiqardi.
FIDEning ushbu qaroridan soʻng Shevchenko 2027-yilgacha shaxmat boʻyicha xalqaro turnirlarda qatnashish huquqidan mahrum boʻldi. Bu esa uning professional faoliyatiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shu bilan birga, mazkur holat shaxmatda halol oʻyin qoidalariga rioya etish muhimligini yana bir bor yodga soldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring