22 ta yogʻ-moy ishlab chiqaruvchi korxonaning faoliyati belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlandi
Foto: “Oʻzagroinspeksiya” Axborot xizmati
“Oʻzagroinspeksiya” tomonidan korxonalarning paxta texnik chigitini toʻliq texnologik siklda maqsadli qayta ishlaganligi, ularning mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega ekanligi hamda qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning texnik reglamentlar va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiqligi ustidan doimiy nazorat amalga oshirib kelinmoqda.
Ushbu nazorat tadbirlari “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Shuningdek, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida “Respublika muvofiqlashtiruvchi komissiyasi” va joylarda “Hududiy ishchi guruhlari” tashkil etilib, vazifalari belgilab berilgan.
“Oʻzagroinspeksiya” Axborot xizmati xabariga koʻra, 2024-yilning yanvar — sentyabr oylarida jami 39 ta yogʻ-moy korxonalarida belgilangan tartibda nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Yakunda 17 ta paxta texnik chigitini qayta ishlaydigan yogʻ-moy korxonalari qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritayotganligi, 22 ta korxona faoliyati esa belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlandi. Aniqlangan kamchilik va qonunbuzilishlar yuzasidan korxonalarga nisbatan jami 67 ta (26 ta yozma koʻrsatma, 40 ta ogohlantirish, 1 ta maʼmuriy bayonnoma) taʼsir choralari qoʻllanildi.
Talablarga muvofiq yoki muvofiq boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar haqidagi maʼlumotlar Respublika tovar xom-ashyo birjasiga taqdim etildi.
Bugungi kunda, respublika boʻyicha jami 164 ta (shundan, 79 tasi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi korxonalar) muvofiq deb topilgan yogʻ-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvati 16 ming 682 tonna/sutkani tashkil qiladi.
“Oʻzagroinspeksiya” mutaxassislari tomonidan Paxta texnik chigitini toʻliq texnologik siklda qayta ishlab, olingan tayyor mahsulotlar uchun tegishli gigiyenik xulosaga ega boʻlgan va muvofiqlik taʼminlangan yogʻ-moy korxonalarida, ilgari oʻtkazilgan oʻrganishdan keyingi faoliyat davri boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar va qoidalarga javob berishi yuzasidan xatlov oʻtkazilmoqda va har bir belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan yogʻ-moy korxonalari boʻyicha maʼlumotnoma-pasport qilib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring