21-avgust kungi xayriya hashari tadbirlarida 3 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ sarflandi
Oʻzbekistonda 21-avgust kuni “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilgandi. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi ushbu hashar davomida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Xabarga koʻra, mamlakat mahallalari boʻylab oʻtkazilgan umumxalq xayriya hashari davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
14 ming 71 gektardan ortiq maydonlar obodonlashtirildi va sanitar tozalandi;
12 ming 60 tonnadan ziyod chiqindilar chiqarib tashlandi;
12 ming 419 kilometr uzunlikdagi ariq va lotoklar tozalandi;
9 ming 287 ta qabriston va 711 ta ziyoratgohlar obodonlashtirilib, tartibga keltirildi;
5 million 250 mingdan ziyod daraxtlar oqlanib, ularga shakl berildi.
Qayd etilishicha, ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 8 ming 460 ta texnika vositalari jalb etildi.
Shuningdek, hashar kuni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari koʻrsatish boʻyicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirilgan:
5 ming 947 ta kam taʼminlangan oilalarning 168 ming metr kvadratdan ziyod uy-joylari hashar yoʻli bilan taʼmirlandi;
10 ming 297 nafar ehtiyojmand oilalarga, shundan 3456 nafar nogiron va yolgʻiz qariyalarning holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam koʻrsatildi.
Mazkur xayriya tadbirlari orqali 3 milliard 193 million soʻmdan ortiq, shundan 189 million soʻmdan ortiq mablagʻ “Mahalla” fondi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari koʻrsatishga sarflandi.
Bundan tashqari, hashar kuni mahallalarda 141 ta savdo va maishiy xizmat koʻrsatish va boshqa obyektlar, shundan 22 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari (goʻzallik saloni, sartaroshxona, kutubxona, dorixona, novvoyxona, nuroniylar markazi va boshqalar) 25 ta savdo obyektlari, 9 ta ishlab chiqarish sexi, 34 ta mahalla binosi, 7 ta bolalar sport maydonchalari, 44 ta boshqa obyektlar foydalanishga topshirildi.
Oʻtkazilgan umumxalq xayriya hasharida 9 million 700 mingdan ziyod fuqaro (shundan 5 million 664 ming nafardan ortiq yoshlar) ishtirok etdi.
Xabarga koʻra, avgust oyi davomida mamlakatning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi tasdiqlangan reja asosida kam taʼminlangan oilalar, yolgʻiz qariyalar, nogironlar holidan xabar olish, moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish, shuningdek, yangi mahalla binosi, guzarlari va bolalar maydonchalarini qurish va taʼmirlash ishlari bilan davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring