2026-yilda dehqon va fermerlarni qoʻllab-quvvatlashga 35 trln soʻm beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Paxtachilikda mexanizatsiyalash darajasini 85 foizga yetkazish uchun kelasi yil yana 800 ta terim mashinasi, 450 ta koʻp funksiyali seyalka va 3 ming dona plyonka yigʻadigan mashina olib kelinishi belgilandi.
Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasidan paxta yetishtirish uchun fermerlarga har bir gektarga ajratiladigan mablagʻ 1,4 barobar koʻpaytirilib, 17,5 million soʻmga yetkaziladi.
Umuman, paxtachilikdagi ishlarni yanada jonlantirish uchun 2026-yilda dehqon va fermerlarni qoʻllab-quvvatlashga 35 trillion soʻm beriladi.
Gʻallachilikda ham shoʻr, suvsizlik va issiqqa chidamli yangi navlarni yaratish borasidagi izlanishlar yanada kuchaytirilishi taʼkidlandi.
Yaqinda Meksikadagi Jahon makkajoʻxori va gʻallachilik tadqiqotlar markazidan 100 dan ziyod yangi hosildor gʻalla navi olib kelindi. Qoraqalpogʻiston, Andijon, Qashqadaryo, Jizzaxdagi gʻallachilik institutlarini modernizatsiya qilishga Jahon banki mablagʻidan 10 million dollar berildi.
“Bu hammasi emas! Endi oʻz mablagʻi hisobidan gʻalla yetishtirgan fermerlarga paxtadagi kabi hosilining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi”, dedi Prezidentimiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring