2025-yilning ilk kunida nechta chaqaloq dunyoga kelgani maʼlum boʻldi

2025-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ularning 492 nafari oʻgʻil, 548 nafari qiz. Eng koʻp tugʻilish Fargʻona viloyatida (154 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi oʻrinlarni:
Qashqadaryo viloyati (119 nafar),
Toshkent shahri (112 nafar),
Samarqand viloyati (101 nafar),
Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etdi.
Eng kam tugʻilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga toʻgʻri keldi.
Eng kam tugʻilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga toʻgʻri keldi.
Tugʻilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, yaʼni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizak.
Taʼkidlanishicha, bayram kunlari respublika boʻylab 6192 nafar akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2020-yilning shu davrida jami 1111 nafar, 2021-yilda — 1086 nafar, 2022-yilda — 1448 nafar, 2023-yilda — 1312 nafar, 2024-yilda — 1043 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring