2025-yilning ilk choragida qancha odam sudlangan?

2025-yilning birinchi choragi davomida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 19 646 nafar shaxsga nisbatan 15 681 ta jinoyat ishi koʻrib chiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, jinoyat ishi boʻyicha koʻrib chiqilgan shaxslarning 108 nafari oqlanib, reabilitatsiya qilingan. Sudlanganlar esa 15 369 kishini tashkil etgan. Bunda 4 764 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 10 319 nafariga esa boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 286 kishi shartli hukm qilindi.
Sudlanganlarning 13 611 nafari erkak, 1 708 nafari ayol kishi boʻlgan. 6 066 nafari yoshlar va 601 nafar 60 yoshdan oshgan shaxslar qonun oldida javob berdi. Yoshlarning 702 nafari voyaga yetmagan fuqarolar boʻlishgan.
Bundan tashqari, 2 042 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan hamda 8 181 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. Yana 2 746 kishining jazosi yengili bilan almashtirildi va 3 765 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qoʻyilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.
“Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibida 286 nafar shaxsga nisbatan 240 ta jinoyat ishi koʻrib chiqildi. 58 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 87 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirildi”, deyiladi xabarda.
Maʼlum boʻlishicha, koʻrilgan jinoyat ishlarning aksariyatini firibgarlik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, oʻgʻrilik, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar, bezorilik kabilar boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring