2025-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan hindistonliklar soni deyarli 50 foizga oʻsdi
2025-yilning yanvar-fevral oylarida Hindistondan Oʻzbekistonga 10,3 ming nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, mazkur koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,3 ming nafarga yoki 47,4 foizga koʻpni tashkil etmoqda.
Turistlar tashrifi turli maqsadlarga asoslangan boʻlib, ularning eng koʻp qismi sayohat qilish uchun kelgan. Xususan, 5 ming 310 nafar Hindiston fuqarosi Oʻzbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu esa mamlakatning turizm salohiyati ortib borayotganidan dalolat beradi.
Shuningdek, 3 ming 65 nafar turist xizmat safari, 1 ming 864 nafari taʼlim olish maqsadida kelgani qayd etilgan. Qarindoshlarini yoʻqlash uchun 80 nafar, tijorat maqsadida 5 nafar hamda davolanish uchun 2 nafar Hindiston fuqarosi Oʻzbekistonga kelgan.
Mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasida mamlakatda turizm, taʼlim va xalqaro hamkorlik borasida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Hindistondan kelayotgan turistlar soni ortishi esa bu yoʻnalishdagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring