2025-yilda 5,3 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin nikohdan oʻtdi

10:11 09 Fevral 2026 Jamiyat
267 0

2025-yil davomida Oʻzbekistonda jami 267 131 ta nikoh qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, nikohdan oʻtgan ayollarning 105 454 nafari 20 yoshgacha boʻlib, bu umumiy nikohlar sonining 39,5 foizini tashkil etgan.

20–30 yosh oraligʻida nikoh tuzgan ayollar soni 138 736 nafar boʻlib, ularning ulushi 51,9 foizga teng.

Shuningdek, 31–40 yosh oraligʻida nikohdan oʻtgan ayollar soni 17 577 nafarni, umumiy koʻrsatkichdagi ulushi esa 6,6 foizni tashkil etgan.

41 yosh va undan katta ayollar orasida esa 5 359 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, bu umumiy koʻrsatkichning 2,0 foiziga toʻgʻri kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер