2025-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori belgilandi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi milodiy 2025-yilgi, yaʼni hijriy 1446-yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori boʻyicha qaror qabul qildi. Unga koʻra, bu yil moʻmin-musulmonlar ushbu ibodatlarni oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib ado etishlari kerak.
Fatvo markazi zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib, 61 million 200 ming soʻm deb belgilandi. Shunga koʻra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 million 200 ming soʻm qiymatidagi pul mablagʻi yoki savdo-tijorat moli boʻlsa, u jami mablagʻining qirqdan biri (2,5%) ni zakot niyatida haqdorlarga berish majburiyatiga ega.
Fitr sadaqasining miqdori ushbu toʻrt mahsulot asosida belgilandi: bugʻdoy unidan 10 ming soʻm, arpadan 16 ming soʻm, mayizdan 110 ming soʻm, xurmodan esa 180 ming soʻm. Har bir shaxs oʻz imkoniyatidan kelib chiqib, ushbu mahsulotlardan birini yoki uning qiymatini fitr sadaqasi sifatida berish orqali majburiyatni bajarishi mumkin.
Fidya miqdori esa fitr sadaqasi miqdori bilan bir xil etib belgilandi. Demak, imkoniyati cheklangan kishilar ushbu toʻrt mahsulotdan birini yoki uning qiymatini fidya niyatida berish orqali oʻz majburiyatlarini ado etishlari mumkin.
Bu qaror Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan eʼlon qilindi va barcha moʻmin-musulmonlarga ushbu majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish tavsiya etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring