2024-yilning birinchi choragida oʻzbekistonliklar 212,2 milliard soʻmga avtoraqamlar sotib olgan

16:58 20 May 2024 Iqtisodiyot
768 0

Arxiv surat

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 52,6 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali 212,2 milliard soʻmga sotilganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, avtoraqamlarning sotuv soni va hajmi oʻtgan yilgi shu davr bilan solishtirganda 3,2 barobarga oʻsgan.

Masalan, 2024-yil 6-12-may kunlari oraligʻida auksion savdolar orqali jami 12 milliard 865 million soʻmlik avtoraqamlar sotilgan. Tuzilgan bitimlarning bittasi boʻyicha oʻrtacha qiymat 3,8 million soʻmni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past koʻrsatgichi 1,7 million soʻmni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 419,9 million soʻmni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер