2024-yilda bojxona orqali qancha giyohvandlik vositalari toʻxtatib qolingani maʼlum qilindi

Giyohvandlik vositalaridan tashqari, 554 ming dona noqonuniy psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar aylanmasiga ham chek qoʻyilgan.
Bojxona qoʻmitasida 2024-yildagi faoliyat sarhisobi va 2025-yildagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Qayd etilishicha, yakuniga yetayotgan yilda 17 mingga yaqin tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bojxona toʻlovlaridan 49,6 trln soʻmlik imtiyoz va preferensiyalar qoʻllanildi, 6,6 trln soʻmlik bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashga ruxsat berildi.
Davlat byudjetiga undirilgan bojxona toʻlovlari oʻtgan yilga nisbatan 8 foizga oshishiga erishildi.
9 mingga yaqin holatda 914 mlrd soʻmlik tovarlar, 35 mlrd soʻm ekvivalentidagi valyuta qimmatliklari, 76 mlrd soʻmlik zargarlik buyumlari, 63 mlrd soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga chek qoʻyilgan.
Joriy yilda bojxona organlari tomonidan 1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari, 554 ming dona psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar, 49 dona qurol, 3010 ta oʻq-dorilar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Sohani raqamlashtirish hisobiga eksportda 91 foiz, importda esa 75 foiz deklaratsiyalar soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan. Bunda 54 mingdan ortiq eksport va import deklaratsiyalarining rasmiylashtiruvi inson omilisiz amalga oshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring