2023 yilning eng muvaffaqiyatli valyutasi eʼlon qilindi
Mamlakatdagi murakkab siyosiy vaziyatga qaramay, Afg‘onistonning milliy valyutasi (afg‘oniy) dunyodagi eng kuchaygan valyuta deb topildi. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph nashri yozdi.
Taʼkidlanishicha, bu yil afg‘oniy kursi AQSH dollariga nisbatan 28 foizga o‘sib, 2018 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha afg‘on valyutasi eng yaqin taʼqibchisi, Kolumbiya valyutasini (peso, 13 foiz) ikki barobardan ko‘p ortda qoldirdi.
Eng muvaffaqiyatli valyutalar uchligiga Albaniya valyutasi (lek) ham kirdi. U 2023 yil boshidan beri dollarga nisbatan 13 foizga mustahkamlandi.
Nashr Afg‘oniston valyutasining kuchayishini insonparvarlik yordami oqimi davom ettirilgani bilan bog‘lamoqda. Shuningdek, rasmiylar tomonidan xorijiy valyutaning ishlatilishiga qo‘yilgan taqiq ham afg‘on valyutasiga bo‘lgan talabning oshishiga olib kelgani taʼkidlanmoqda.
Qayd qilish joiz, 2021 yildan Afg‘onistonda AQSH dollari va Pokiston rupiyasi muomalasini taqiqlab qo‘yilgan.
The Telegraph nashri maʼlumotlariga ko‘ra, dunyoda eng kuchsizlangan valyutalar uchligiga Argentina (peso, -54 foiz), Nigeriya (nayra, -44 foiz) va Angola (kvanza, -39 foiz) valyutasi kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring