2023-yilning 10 oyi davomida 19 359 ta geografik obyekt nomlari davlat reestriga kiritildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kadastrlar palatasi axborot xizmati rahbari Munojat Yoʻldosheva maʼlum qildi.
Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha 46 330 ta nom ekspert komissiyasiga taqdim etilgan.
Shundan, 22 970 ta geografik obyekt nomlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ijobiy eksport xulosalari berilgan, 23 360 ta nom qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiq deb topilib, qayta koʻrib chiqish uchun hududiy komissiyalarga qaytarilgan.
Shu bilan bir qatorda, hududiy komissiyalar tomonidan oʻrganilgan va hududda mavjud boʻlmagan 954 ta geografik obyekt nomlarini davlat reyestridan oʻchirish, davlat reyestriga kiritilgan 279 ta geografik obyektlarning nomlariga tegishlicha oʻzgartirishlar kiritish ishlari amalga oshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring