Oʻzbekistonda pensiyani hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi miqdori oshirildi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boshqarma boshligʻi Farrux Pardayev maʼlum qildi.
Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida davlat pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish hamda fuqarolarning pensiya miqdorlarini mamlakatning iqtisodiy koʻrsatkichlariga muvofiq izchil oshirib borilishini taʼminlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Oʻtgan yil davomida:
— pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlari 14 foizga oshirilib minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkazildi;
— minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan (500 ming soʻmdan) yuqori miqdorlardagi pensiya va nafaqalar esa 12 foizga oshirildi;
— nogironlik pensiya va nafaqalarining eng kam miqdori esa 440 ming soʻmdan 698 ming soʻmgacha yaʼni 1,6 baravarga oshirildi;
— toʻlovlarni bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilindi.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi “2022 - 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmonlariga asosan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori yaʼni yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn barobaridan oʻn ikki barobarigacha oshirildi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisoblashda inobatga olinadigan ish haqining yuqori chegarasi 3 888 000 soʻm etib belgilandi.
Mazkur Farmonga asosan, 2022-yil dekabri oyida oʻrtacha oylik ish haqi miqdori pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan yaʼni 3 240 000 soʻmdan yuqori boʻlgan 371 ming nafar pensiya oluvchilaring pensiya miqdorlari qayta hisob-kitob qilindi va pensiyasi oshadigan fuqarolarga 2022-yilning dekabr oyida SMS xabar joʻnatildi.
Misol uchun 3 900 000 soʻm oʻrtacha oylik ish haqiga ega boʻlgan fuqaroning pensiya miqdori 2023-yil 1-yanvarga qadar 3 240 000 soʻmdan hisob kitob qilingan boʻlsa, 2023-yil 1-yanvardan boshlab esa ushbu fuqaroning pensiya miqdori 3 888 000 soʻm qayta hisob kitob qilinadi.
Ushbu tartibning joriy etilishi yuqori ish haqi olgan va pensiya tizimiga yuqori hissa qoʻshgan fuqarolarga munosib pensiyalarni tayinlash, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholining unumli mehnat qilib koʻproq haq olishiga qiziqishini oshirish, yashirin iqtisodiyotdan chiqishga, mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilishda va rivojlantirishda faol ishtirok etishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring