2022-yilda Orol dengizining 200 ming gektariga ekin ekish rejalashtirilgan

04:02 20 Fevral 2022 Iqtisodiyot
3821 0

Foto: Illustrativ foto

Orol dengizi tubida 200 ming gektar maydonga “yashil qoplama” ekiladi. Bu haqda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi vakillari AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 2022-2026-yillarda Orol dengizining qurigan tubi va Orolboʻyida jami 1 million gektar maydonda oʻrmon plantatsiyalarini yaratish, shundan 200 ming gektarini 2022-yilda tashkil etish rejalashtirilgan.

Bugungi kunga qadar 700 tonna dasht oʻsimliklari urugʻi yigʻilib, 18 ming gektar maydonda “yashil maydonlar” barpo etildi. Urugʻlarni yigʻish va ekish ishlari davom etmoqda.

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan daraxt va butalar, ularni koʻkalamzorlashtirish maqsadida ekish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. Tavsiyalarga koʻra, Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, manzarali va mevali daraxtlardan qaragʻay, yapon saforasi, tol, terak, chinor, kashtan, joʻka, eman, akatsiyalar ekiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер