2021-yilgi davlat dasturi qabul qilindi. Muhokamalar natijalari qanday boʻldi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021-yil — “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Farmon imzolangani haqida xabar bergan edik.
Qayd etish joiz, mazkur davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18 – 28-yanvar kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi va keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazildi.
Muhokamalar doirasida farmon loyihasi mahalliy ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda 700 ga yaqin, teleradiokanallarda qariyb 400 ta chiqish va eshittirishlar efirga uzatildi.
Natijada, loyiha boʻyicha 4 mingga yaqin takliflar kelib tushdi. Xususan davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha – 1 239 ta, sud-huquq yoʻnalishida – 479 ta, iqtisodiyot sohasida – 901 ta, ijtimoiy sohada – 1018 ta, tashqi siyosat va xavfsizlik yoʻnalishida– 146 ta.
Takliflarni har tomonlama koʻrib chiqish yakuniga koʻra, loyihaga jami 50 ga yaqin konseptual hamda 100 dan ortiq aniqlashtiruvchi tahririy oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.
2021-yilga moʻljallangan Davlat dasturida rejalashtirilayotgan tadbirlarni moliyalashtirishga umumiy qiymati 29 492,7 mlrd. soʻm hamda 2 600,4 mln. AQSH dollari va 57,5 mln. yevro miqdoridagi mablagʻlar ajratilishi koʻzda tutilgan.
Davlat dasturi jami 274 ta banddan iborat boʻlib, birinchi – davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha – 20 ta, ikkinchi – sud-huquq yoʻnalishi boʻyicha – 18 ta, uchinchi – iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha 113 ta, toʻrtinchi – ijtimoiy soha yoʻnalishi boʻyicha 93 ta, beshinchi – tashqi siyosat va xavfsizlik yoʻnalishi boʻyicha 30 ta banddan iborat vazifalar belgilab olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Boshqaruv sohasida xotin-qizlar ulushi necha foiz ekani ma’lum qilindi
- Maktab yerini koʻp qavatli uylar qurilishi uchun pullamoqchi boʻlgan mansabdorlar qoʻlga tushdi
- Prezident Shayxontohur tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida boʻldi
- Islom sivilizatsiyasi markazida uzunligi 52 metr boʻlgan “Miniatyuralar devori” joylashtiriladi
- Toshkentda quvur yorilishi oqibatida 3 kishi jabrlangan — FVV
- Dollarning soʻmga nisbatan qiymati yangilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring