2021-yil Oyda ilk bor avtomobil poygasi oʻtkaziladi
Oydagi birinchi avtomobil poygalari 2021-yilda boʻlib oʻtadi. Musobaqalarda masofadan turib boshqarish qurilmalari bilan Wi-Fi orqali boshqariladigan ikkita avtomobil ishtirok etadi. Har bir mashina taxminan 2,5 kg vaznga ega boʻladi.
“planet-today.ru”ning, Oydagi ilk poyga uchun transport vositalarini ishlab chiqarishni taniqli dizayner Fre Stivenson boshchiligidagi amerikalik oʻquvchilardan iborat jamoalar oʻz zimmalariga olishadi. Ular tayyor boʻlgach, “Nova-C” moduli yordamida Oyga yetkaziladi. Musobaqalar avtoulovlarga biriktirilgan maxsus kameralar yordamida translyatsiya qilinadi.
AQSHning turli hududlaridan kelgan maktab oʻquvchilaridan iborat 6 jamoa Oydagi poyga musobaqalarida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishgan. Shu olti jamoadan poyga mashinalarini yaratish va boshqarish uchun eng yaxshi ikkitasi tanlab olinadi. Ammo ushbu ikkita jamoani tanlash uchun barcha ishtirokchilar bir qator maxsus malakali testlardan oʻtishlari kerak boʻladi. Ular orasida dron, kompyuter poygalari hamda boshqa koʻplab sinovlar mavjud.
Qayd etilishicha, Oydagi ushbu poygalar tarixda birinchisi boʻlganligi bois ularga alohida tayyorgarlik koʻriladi. Avtomobillar oʻta ogʻir sharoitlarda sinovdan oʻtkaziladi, chunki ular bardoshli boʻlishi lozim. Zero, Oyda nima boʻlishi mumkinligi nomaʼlum va ushbu avtomobillar har qanday holatga tayyor boʻlishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring